
Gvardiola jamoasida "Real" matorini ko‘rmoqchi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola maydon markazini kuchaytirmoqchi. "Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" yulduzi Toni Kroos "shaharliklar"ning radariga tushib qolgan.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Siti" Kroosga mavsum uchun 15 million evro maosh taklif qilishga tayyor.
Toni Kroos yanvar oyida 34 yoshga to‘ladi. Avvalroq futbolchi faoliyatini "Real Madrid"da yakunlashini bir necha bor aytgandi.
Aytish joizki, 2023/2024 yilgi mavsumda Kroos kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapti, chunki Karlo Anchelotti yosh futbolchilarga tayanmoqda.
Fikrlar