Gvardiola kelajakda terma jamoa boshqarishi mumkin

  • 28.05.2026 02:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola kelajakda milliy terma jamoalardan birini boshqarishi mumkin.

Kataloniyalik mutaxassis “shaharliklar”dagi 10 yillik faoliyatini yakunladi. Bu vaqt ichida u jamoa bilan 20 ta sovrin yutib oldi. Endi Gvardiola "City Football Group" elchisi sifatida ishlaydi. Holding tarkibiga “Manchester Siti” va yana 10 ta klub kiradi.

"talkSPORT" ma'lumotiga ko‘ra, Pep bir kuni Angliya terma jamoasini boshqarishni orzu qiladi. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi ham 55 yoshli murabbiyni terma jamoaga olib kelishni istamoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning aytishicha, Saudiya Gvardiolani 2034 yildagi Jahon chempionati uchun uzoq muddatli loyiha sifatida ko‘rmoqda va uni hozir darhol taklif qila olmasa ham, keyinchalik bu harakatni davom ettirishi mumkin.

Shuningdek, u Angliya uchun ham Pep ideal variant bo‘lib qolishini ta'kidladi. Hozircha Tomas Tuxel bilan shartnoma uzaytirilgan bo‘lsa-da, kelajakda vaziyat o‘zgarasa, angliyaliklar ham yana Gvardiolaga murojaat qilishi mumkin.

“Menimcha, Pep bir kuni albatta milliy terma jamoada ishlaydi. Uning hozircha boshqa rejalari yo‘q. Shuningdek, uning Premyer-ligada boshqa klubni boshqarishi ehtimoli juda past”, — dedi Ben Jeykobs.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!