
Gvardiola: “Men “Brentford”ning ashaddiy muxlisiman”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi “Brentford”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng raqib jamoa haqida ijobiy fikrlar bildirdi.
-Men Tomas Frankning muxlisiman. Klub 8-9 yil oldim bunday futbol o‘ynaganini eslay olmayman. Omadimiz kelib, gollar urdik. Ikkinchi bo‘limda ko‘proq gol urishimiz mumkin edi.
Biz bugun APL qanchalik qiyin ekanini yana bir marta his qildik. Odamlar “Siti” juda kuchli deyishadi, lekin Premer-liga shunga yarasha juda qiyin. Bugungi o‘yin shuning isboti.
Men “Brentford”ning ashaddiy muxlisiman. Jamoa uzun paslar bilan juda yaxshi o‘ynashadi. Bundan tashqari, futbolchilarning individual qobilyatlari bor. Men shunday g‘alabalarni yoqtiraman,- dedi Xosep Gvardiola o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida.
Uchrashuvning 23-soniyasida “arilar” tezkor gol kiritishdi. Biroq, “shaharliklar” Erling Holand dubli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar