Gvardiola qaysi jamoalardan cho‘chiyotganini aniq aytdi

  • 20 avgust, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola oldida o‘ta mas’uliyatli vazifa turibdi. Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida “shaharliklar” ketma-ket to‘rt marotaba Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan yagona jamoaga aylandi.

Manchesterlik fanatlar bu gal jamoa beshinchi bor Premer-liga g‘olibligiga erishib, o‘z rekordini yangilashini kutmoqda.

So‘nggi ikki mavsum davomida “Siti”ga asosan Gvardiolaning shogirdi Mikel Arteta boshqarayotgan “Arsenal” asosiy raqobatchi bo‘lib kelmoqda. Xosep Gvardiola chempionlik yo‘lida bu gal raqobatchilar ko‘proq va qudratliroq ekanini ta’kidladi.

- Bu mavsum “Nyukasl” ikki yil avvalgi darajasida o‘ynaydi. “Arsenal” va “Liverpul”ning qudrati haqida ortiqcha gapirish shart emas.

Kurashga “Manchester Yunayted” ham qo‘shildi. “Tottenxem” yosh o‘yinchilari va bilimdon murabbiyga ega, ularning salohiyatiga ishonaman. “Chelsi” tarkibidagi buncha futbolchi bilan chempionlikka da’vogarlik qiladi, bu jamoaning murabbiyi ham kuchli, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!