
Gvardiola "Real"ga qarshi o‘yinlarning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinlarning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi.
“Gabriel Jezus ushbu ikkita o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi, deb hisoblayman. U Madridda gol urdi va penalti ishladi. Bugun ham gol muallifiga aylandi va yana bir golga assistentlik qildi. Gabriel g‘alabamizda eng muhim rolni o‘ynadi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Endi “shaharliklar” chorak finalda “Yuventus”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Lion”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar