Gvardiola: Torres "Barselona"ga ketsa hafa bo‘lmayman, chunki...

  • 23 dekabr, 2021, 19:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ispaniyalik hujumchi Ferran Torresning "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Ferran Torres? Hali rasman e’lon qilingani yo‘q, ammo muzokaralar olib borilmoqda va transfer yakunlanish arafasida. Kelishuv klublar rasman e’lon qilganidan keyin yakunlanadi.

Albatta, Ferran yanvarda "Barselona"ga o‘tsa, xafa bo‘lmayman. Chunki men futbolchilar baxtli bo‘lishini istayman. Men Torres uchun xursandman.

Rahbariyat futbolchini o‘z xohishiga qarshi chiqib, uni majburan olib qoladigan boshqa klublardan farqli o‘laroq, «Siti»da, agar futbolchi boshqa joyga ketishni istasa, unga ketishga ruxsat beriladi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!