Gvardiola: U shu erda qoladi!

  • 28 avgust, 2022, 13:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa etakchilaridan biri Bernardu Silva kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga kelganini ma’lum qildi.

Bu futbolchi jamoadan ketish istagini bildirgan va unga “Barselona” hamda PSJ og‘iz solayotgan edi.

- Bernardu jamoada qoladi. Faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishi aniq. Uning transferi bo‘yicha rasmiy murojaatlar bo‘lgani yo‘q. Shu sabab u biz bilan qoladi, - dedi Xosep Gvardiola.

Ma’lumotlarga qaraganda, 28 yoshli futbolchi “Barselona” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib qo‘ygan. Lekin “Manchester Siti” mutasaddilari portugaliyalik o‘yinchini “Barselona”ga ham, PSJga ham sotmagan.

Endi “shaharliklar” Bernardu Silva bilan 2025 yilning yozigacha tuzilgan shartnomani yangilab, maoshini ikki baravar oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!