Gvardiola: "Xoland faqat gol urmasdan, jamoaga ishlashni ham xohlaydi"

  • 5 noyabr, 12:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Erling Xolandning maydondagi munosabati haqida gapirdi.

Tecno

"Jahon darajasida o‘ynaydigan, ammo shunchaki kamtar va jamoaga qaysi yo‘l yaxshi bo‘lsa, shuni o‘ylaydigan futbolchini topish qiyin. Men uning gol urishni istashini bilaman, ammo menda shunday his borki, u har doim jamoaga foyda keltiradigan ishni qilishni xohlaydi. Uning iste’dodi, qobiliyati, samimiyligi bor.

Albatta, u gol urishi kerak, chunki bizga yordam berishning eng yaxshi yo‘li shu ekani ravshan. Lekin u uzoq muddatga shartnoma imzolagon va jamoa uchun ko‘p ishlarda ishtirok etadi", – dedi ispaniyalik mutaxassis "Borussiya Dortmund"ga qarshi to‘qnashuvdan avval. 
 
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" bugung Chempionlar ligasining 4-turida Bundesliganing "Borussiya Dortmund" klubi bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!