Gvardiola yangi mavsumda nimalarni kutayotganini aytdi

  • 6 avgust, 15:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasining navbatdagi mavsumidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" o‘tgan mavsumni APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda yakunlashgan edi.

Tecno

"Faqat bir narsani kutish mumkin: qo‘limizdan kelganini qilishga harakat qilish, dastlabki o‘yinlarda g‘alaba qozonish, o‘zimizga ishonch hosil qilish va oldinga intilish. Har bir mavsum nimasi bilandir oldingi mavsumga o‘xshaydi, lekin biz oxirgi 10 yil davomida qilgan ishimizni davom ettirmoqdamiz.

Albatta, biz o‘tgan mavsumga qaraganda ko‘proq narsaga erishmoqchimiz. Biroq har safar start oldidan nimaga erishishimiz haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Xtra X ijtimoiy tarmog‘ida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!