Gvardiola — Kloppning KO‘JCh haqidagi tanqidiga: "Uni tushunaman va hurmat qilaman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yurgen Kloppning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati haqidagi shov-shuvli bayonotiga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, Klopp musobaqani "futbol tarixidagi eng yomon amalga oshirilgan g‘oya" deb atagan edi.
"Biz Klopp bilan ko‘p bor bir xil g‘oyalar uchun kurashganmiz, ayniqsa taqvim va o‘yin sifati borasida. Futbol shunda yaxshilanadi — futbolchi va murabbiylar dam olishi kerak.
Kloppning so‘zlari meni hayratga solmadi. Uni to‘liq tushunaman va hurmat qilaman. U bilan yillar davomida ajoyib raqobat va munosabatlarimiz bo‘lgan. Biroq, murabbiylar taqvim tuzish yoki turnir uyushtirish bilan shug‘ullanmaydi. Har kimning o‘z vazifasi bor" — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.
Ayni paytda Gvardiola "shaharliklar" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida "Al-Hilol"ga qarshi bahs olib boradi. Klopp esa 2025 yil boshidan "Red Bull" kompaniyasida futbol bo‘yicha rahbar lavozimida ishlamoqda.



Fikrlar