Gvardiolada himoyachilar orasidagi jarohatlar tashvish uyg‘otyapti
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa himoyachilarining ko‘p sonli jarohatlari haqida xavotir bildirdi.
"Albatta, jarohatlar juda ko‘p. Jon Stouns necha oyga safdan chiqqanini bilmayman, hozir Ruben Diash ham jarohat oldi, Yoshko Gvardiol ham o‘ynay olmaydi, Natan Ake esa — biz uning muntazam o‘ynay olmasligini bilamiz.

Bu — vaziyat. O‘tgan mavsumda ham xuddi shunday bo‘lgan edi. Shuning uchun bardoshli bo‘lamiz va yechim topamiz. Ruhiyat jamoada bor va bo‘ladi ham.

Albatta, xavotirdaman. Bugun zahira o‘rindig‘ini ko‘rdingizmi? Akademiyadan uch nafar futbolchi bor edi, endi yana qo‘shiladi. Hozir bizda futbolchilar yetishmayapti. Bu — haqiqat.
Himoya chizig‘iga qo‘shimcha qilish kerakmi? Yo‘q. Hozircha yo‘q, lekin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Chunki Ruben Diash — juda katta yo‘qotish, Yoshko Gvardiol ham shunday. Ular o‘rtasida shakllangan juftlik bizni hozirgi darajaga olib kelgan edi", — deya ta’rif beri o‘tdi manchesterliklar mutaxassisi.

Fikrlar