Gvardioladan Husanov haqida so‘rashdi. Murabbiyning javobi qanday bo‘ldi?

  • 13 yanvar, 18:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardioladan Abduqodir Husanov haqida so‘rashdi. Ispaniyalik mutaxassis esa bunga qisqacha qilib javob berdi. 

Tecno

"Abduqodir Husanov? Klub buni rasman e’lon qilmadi, shu sababli hech narsa deya olmayman", - dedi Pep.

Avvalroq, taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zbekistonlik himoyachining "shaharilklar"ga transferi haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, kelishuv bonuslar bilan birga 40+10 million evro evaziga 4,5+1 ko‘rinishida imzolanadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!