
Gvardiolaga jamoani qutqarish uchun yanvarda 200 million funt beriladi
“Manchester Siti”ning g‘alabasiz seriyasi ettita o‘yinga etganidan keyin klub xo‘jayinlari bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga vaziyatni o‘nglash uchun 200 million funt ajratadigan bo‘ldi.
Ispaniyalik mutaxassis jamoasining muvaffaqiyatsizligini jarohatlar ko‘pligi va tarkibni shakllantirish uchun o‘yinchi etishmasligi bilan bog‘lagan edi.
Endi Gvardiola qishki transferlar vaqtida bo‘sh nuqtalarni yuqori malakali ijrochilar bilan to‘ldirish imkoniga ega bo‘ladi.
Avvaliga “shaharliklar” yangi o‘yinchilar uchun 100 million funt ajratishni mo‘ljallagan edi. Biroq vaziyat jiddiyligini ko‘rinib qolganidan keyin bu summa ikki baravarga oshirildi.
Daily Star nashrining yozishicha, “Siti” mutasaddilari qishki transferlar vaqtida “Real Sosedad” tayan yarim himoyachisi Martin Subimendi, “Nyukasl” pleymeykeri Bruno Gimaraes va “Sporting” to‘purari Viktor Dyokereshni olishga harakat qilib ko‘radi.
Fikrlar