Gvardiolaga “Real” yulduzi kerak

  • 14 noyabr, 2023, 10:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Todofichajes nashrining xabar berishicha, tajribali yarim himoyachiga “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildiryapti.

Toni Kroos “Bavariya”da o‘ynagan kezlari Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p tepgan. Ispaniyalik mutaxassis nemis futbolchisining imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Kroosning madridliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Shu bois, “shaharliklar”da uni bepul qo‘lga kiritish imkoni bor.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” rahbariyati Toni Kroosga har mavsum uchun 15 million evro maosh to‘lashga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!