Gyundogan Turkiyaga ikki yuk mashinasida oziq-ovqat jo‘natadi
"Manchester Siti"da o‘ynayotgan asli turk bo‘lgan germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan zilziladan jabr ko‘rgan Turkiyaga oziq-ovqat solingan ikkita yuk mashinasini jo‘natdi.
"Mana shunday paytda insonlar bir-biriga mehribon bo‘lishlari kerak. Barchamiz bir bo‘lib, jabrlanganlarga yordam beraylik", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi "Bild" nashri.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida tabiiy ofat sodir bo‘lgan, zilzilalar natijasida minglab binolar vayron bo‘lgan edi. Shu sababli mamlakatda barcha sport tadbirlari, musobaqalar o‘tkazilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.



Fikrlar