
Habib Nurmagomedov Aliskerovga Uittaker bilan jang oldidan bir qancha maslahatlar berdi
UFC ning o‘rta vazn (83,9 kg) toifasidagi jangchisi Ikram Aliskerov Robert Uittakerga qarshi jangi oldidan Habib Nurmagomedovdan maslahat olganini aytib o‘tdi.
"Jangga rozi bo‘lganimda maslahat olish uchun Habibga qo‘ng‘iroq qildim. U meni eshitgach, bunday imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermasligim kerakligini aytdi. Habibning oldiga borib, ikki-uch kun qattiq mehnat qilib, ter to‘kib iqlimga moslashishimni maslahat berdi. Qanday jang qilish haqida so‘raganimdan, diqqatliroq harakat qilishim, Uittakerning mushtlaridan ehtiyotkor bo‘lishim zarurligini aytdi", – dedi Aliskerov.
Eslatib o‘tamiz, Uittaker(25-7) va Aliskerov(15-1) o‘rtasidagi jang 22 iyun kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar