
Hakam to‘p zarbidan xushini yo‘qotdi (video)
Germaniya Bundesligasining 19-turida “Volfsburg” o‘z maydonida “Kyoln”ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida qanot hakami to‘p zarbidan erga quladi va xushini yo‘qotdi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan yordamga qaramay, u uchrashuvni davom ettirolmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga boshqa qanot hakami uchrashuvni davom ettirdi.
Fikrlar