
Hakamlarimiz OFK rekrutingida ishtirok etadi
FIFA hakamlarimiz 2023 yilning 16-18 yanvar kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK tomonidan tashkillashtiriladigan Hakamlar rekrutingi jarayonida ishtirok etishadi.
OFK Hakamlar rekrutingi nima?
Mintaqadagi mamlakatlar belgilangan kvotaga muvofiq hakamlar ro‘yxatini taqdim etishadi. OFK ushbu hakamlarni o‘yin qoidalari, jismoniy tayyorgarlik hamda ingliz tili bo‘yicha bilim darajalarini sinovdan o‘tkazadi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hakamlar OFK Elita hakamlari ro‘yxatiga kiritiladi. OFK Elita hakamlari butun mavsum davomida qit’a miqyosida o‘tkaziladigan xalqaro nufuzli musobaqalarda ishlaydigan hakamlar guruhi hisoblanadi.
Rekruting jarayonlarida mamlakatimizdan Rahimbek Karimov, Firdavs Norsafarov (erkaklar futboli), Oybek Kalaxo‘jaev (futzal) va Roziyabonu Yusupova (ayollar futboli) ishtirok etadigan bo‘ldi.
O‘zFHM matbuot xizmati
Fikrlar