"Hali bu yil Superligada o‘ynamadim, bilmayman nimaga? Bitta jamoadan taklif bo‘ldi" - Artyom Filiposyan

  • 3 iyul, 2023, 12:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali futbolchi Artyom Filiposyan o‘tgan yilgi chempionatni OKMK safida yakunlaganidan keyin joriy yilgi mavsumni Termizning “Surxon” klubida boshladi. Lekin birinchi davra yakunlandiki, Filiposyanni jamoa safida u qadar uchratmadik. Shu bois futbolchiga ayrim savollar bilan murojaat qilishimizga to‘g‘ri keldi.

Tecno

- Artyom, “Surxon” Toshkentda “Olimpik”ga qarshi durang o‘ynadi. Avvalo, mazkur uchrashuv haqida fikringizni bilmoqchimiz.

- “Olimpik” bilan uchrashuvda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi. O‘ylaymanki, adolatli natija bo‘ldi, ikki jamoa uchun ham.

artyom5

- “Surxon”ga chempionat avvalida qo‘shildingiz. Ammo hali bu jamoa safida sizni Superliga bahslarida ko‘rganimiz yo‘q. Adashmasam, 2 marta Kubok doirasidagi uchrashuvlarda maydonga tushdingiz...

- O‘tgan yilgi chempionatning oxirgi turida qizil kartochka olgandim. Shu bois bu yilgi mavsumning dastlabki 3 ta turini o‘tkazib yubordim 4-turdan o‘ynayshni boshlayman deb o‘ylagandim. Ammo hali bu yil Superligada o‘ynamadim. Bilmayman, nimaga? Faqat 2 marta Kubok o‘yinida maydonga tushdim. Orada mashg‘ulot jarayonida jarohat oldim. 1 oy mashg‘ulotlarni ham qo‘yib yubordim. Hozir hammasi yaxshi, Xudoga shukr. Mashg‘ulotlarni boshladim. Qaerda o‘ynagan bo‘lsam faqai asosiy jamoalarda to‘p surganman. Kimni maydonga tushirish esa bu murabbiylarning ishi.

artyom4

- Eshitishimcha, sobiq jamoangiz – “Buxoro”dan sizga yana taklif bo‘layotgan ekan. Shu rostmi? Umuman, yana qanday takliflar bor?

- Birinchi davra tugadi. Faqat bitta jamoadan taklif bo‘ldi. Lekin hozir bu jamoa bilan hali gaplashmadik. Faqat og‘zaki gaplashgandik. Chunki hali birinchi davra to‘liq tugamagandi. “Buxoro”dan menga taklif bo‘lmadi. Hozircha “Surxon” jamoasi bilan shartnomam bor. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin? Hammasi Xudodan.

- Ko‘pchilik “Surxon”dan birinchi davrada bunday ijobiy natijani kutmagandi...

- Birinchi davrada “Surxon” uchun bu yaxshi natija.

artyom6

- Umuman, siz uchun ortda qolgan mavsumning dastlabki yarmida qaysi jamoa ko‘proq yorqin taassurot qoldirdi?

- Birinchi davrani “Navbahor” birinchi o‘rin bilan tugatdi. Aynan namanganliklar mavsumning dastlabki qismida yaxshi taassurot qoldirdilar.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!