Hamdallah: "O‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olishga intilamiz"

  • 22 fevral, 2024, 03:34
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al-Ittihod" - "Navbahor" uchrashuvi oldidan Marselo Galyardo bilan birgalikda mezbonlarning marokashlik tajribali hujumchisi Abdulrazzoq Hamdallah ham matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

"So‘zim avvalida bu erga yig‘ilgan barchani Saudiya Arabistoni tashkil topgan kun bilan tabriklayman! Ertangi bahs borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, stadion muxlislar bilan to‘ladi, degan umiddaman va ularning qo‘llab-quvvatlashlari ostida boshqacha o‘yin namoyish etib, ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz. Raqibimiz “Navbahor” qarshi hujumga tayangan holda, harakat  qiladigan jamoa ekan. Biz ertaga tezkor gol urib, o‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olishga intilamiz", - dedi Hamdallah

Hamdallah o‘yin qaydnomasidan joy olgan. Mazkur uchrashuvda u asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!