
Hamdamov jamoasining umumiy qarzi qancha?
Hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradigan Maxachkalaning "Anji" klubi prezidenti Osman Kadiev jamoaning umumiy qarzi qancha ekanligini aytdi.
"Futbolchilar orasida o‘tgan mavsumdan qolgan qarzlar ham bor, lekin unchalik ko‘p emas. Ayni damda "Anji"ning umumiy qarzi taxminan 260 million rublni tashkil etadi. Bu asosan soliq, ish haqi va boshqa jamoalardan bo‘lgan qarzdorlikdir. Albatta, eng asosiysi bu maosh", - deydi Kadiev.
Eslatib o‘tamiz, "Anji" mavsum boshidanoq moliyaviy muammolarga duch kelgan va chempionatda qatnasha olmaslik xavfida turgan edi.
Fikrlar