Hames Rodriges A Seriyasi klubiga o'tishi mumkin

  • 25.07.2026 13:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges yana Yevropa maydonlariga qaytishi mumkin. MLS ligasida «Minnesota» sharafini himoya qilgan tajribali futbolchiga Italiya chempionati klublaridan biri jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ispaniya nashri Marca xabariga ko‘ra, 35 yoshli Xamesga Rimning «Latsio» jamoasi da’vogarlik qilmoqda. Futbolchining o‘zi ham Italiya A Seriyasida o‘ynash g‘oyasiga qarshi emas. Shu bilan birga, Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olish istagini bir qator Meksika klublari ham bildirgan.

Ayni paytda Rodriges erkin agent maqomiga ega, ya’ni u istalgan jamoa bilan erkin shartnoma imzolashi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda o‘tkazilgan jahon chempionatida Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasi safida beshta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!