Hamidjon Aktamov: "Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng futbolchilarda ishonch ortdi
Pepsi Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” (0:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi. Bu haqda Qo‘qon klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bugun tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Biz ham, maydon egalari ham g‘alaba uchun maydonga tushishganligi ko‘rinib turdi. Futbolchilarimga rahmat aytaman, ko‘rsatmalarimni bekamu-ko‘st bajarishdi.
“Lokomotiv” bilan o‘yindan so‘ng yigitlarimda o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari ortgan edi. “Qo‘qon-1912” jamoasiga kelgusi o‘yinlarda omad tilayman", - deb aytib o‘tdi Aktamov..



Fikrlar