Endi Lukaku “Inter”ga ham kerak bo‘lmay qoldi

  • 11 yanvar, 2023, 16:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” tarixidagi eng qimmat transfer sohibi – Romelu Lukaku Angliya chempionatida o‘zini ko‘rsata olmaganidan keyin ijara asosida “Inter”ga qaytgan edi.

Milan klubi belgiyalik hujumchining avvalgi xizmatlarini inobatga olib, uni qayta sotib olish yoki shartnomani yana uzaytirish variantlarini o‘rganib chiqayotgani haqida ma’lumotlar ham tarqatildi.

Biroq, Romelu namoyisho‘ etayotgan o‘yin klub rahbariyatini fikridan qaytardi. Endi milanliklar bir yillik ijara va maosh miqdori 20 million evroga borib qolishini hisoblab, bu narxni qimmat sanayapti.

Lukaku joriy mavsumda A Seriyada atigi bitta gol urgani va ko‘p jarohat olayotgani bu o‘yinchiga bo‘lgan ehtiyojni keskin pasaytirib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning yozida “aristokratlar” belgiyalik to‘purar uchun “Inter”ga rekord summa – 97,5 million funt to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!