
Hamma narsa pulga bog‘liq emas. Supermurabbiy “Nyukasl”ga rad javobini berdi
Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tgan “Nyukasl”ning yangi rahbariyati yuqori maqsadlarni uchun kurashadigan jamoa qurishni bosh murabbiy tayinlashdan boshlamoqchi edi.
“Nyukasl” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida “Inter”ni chempion qilganidan beri ishsiz yurgan Antonio Konte ko‘rilayotgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Antonio Konte bu loyihada ishtirok etishni istamagan va “Nyukasl" rahbarlari taklifini rad etgan.
Ushbu jamoaga bosh murabbiylik qilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatida Frenk Lempard va Stiven Jerrard ham bor.
Fikrlar