
Hammasi tugadi! Messi sharmandali mag‘lubiyatdan keyin yana nimalar dedi?
AQShda o‘tkazilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida “Inter Mayami” futbolchilari “Pari Sen-Jermen” bilan kuch sinashdi.
Bu uchrashuvda Lionel Messi sobiq jamoasiga qarshi to‘p tepgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. O‘yinda evropaliklar ustunlik qilib, amerikaliklar darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi.
Uchrashuvdan keyin sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- PSJ ajoyib jamoa. Ular Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘oliblari ekani juda ko‘p narsadan dalolat beradi. Uchrashuv biz kutgandek o‘tdi.
Biz bor kuchimizni sarfladik, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zimizdan yaxshi taassurot qoldirdik, deb o‘ylayman. Biroq endi hammasi tugadi. Buyog‘iga oldinda nimalar bo‘lishiga e’tibor qaratganimiz ma’qul, - dedi Lionel Messi.
“Inter Mayami”ni nufuzli musobaqadan chiqarib yuborgan parijliklar chorak finalda yana bir qudratli klub – “Bavariya” bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar