Hamyurtimiz Osiyo chempionatida ikkinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vyacheslav Kachanov Hindistonda o‘tayotgan Osiyo chempionatida ikkinchi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Tecno

3 metrli tramplindan sakrash dasturida qatnashgan Kachanov 368.85 ball bilan uchinchi natijani qayd etdi. 

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz xuddi shu balandlikda juftlik dasturida Igor Myalin bilan ham shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan edi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!