Har ehtimolga qarshi! "Barselona" Levandovskiga o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 8 iyun, 2022, 09:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yozgi transfer oynasi paytida hujum chizig‘ini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar Robert Levandovskini xarid qilishni ustuvor vazifa deb biladi. Ammo polshalik yulduzning "Bavariya" bilan 1 yillik shartnomasi bor va agar u Kataloniyaga kelmasa, jamoa La Liganing o‘zidan futbolchi sotib oladi.

Bu nomzod "Vilyarreal" hujumchisi Jerar Moreno. Ispaniyalik forvard Robertning muqobil varianti deya qaralmoqda. Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" short-listidan "Atletiko" futbolchisi Luis Suares ham o‘rin olgan.

"Sariq suvosti kemasi" Morenoga 100 million evro tovon puli belgilagan. Biroq jiddiy xaridor chiqsa, uni 40 million evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!