"Har qanday jamoani engishga kuchimiz etadi, "So‘g‘diyona" OFK Kubogini yutadi, "Paxtakor" yoki "Nasaf" chempion bo‘ladi" - ispaniyalik murabbiydan dadil gaplar

  • 18 sentabr, 2022, 22:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” jamoasi o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qilib 2:1 hisobida o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Qizig‘i, bekobodliklar ikkala golni ham penaltidan kiritdi. Bu jamoa o‘yinida shubhasiz ispaniyalik bosh murabbiy Luisma Ernandesning imzosi ko‘rinyapti.

Mazkur bellashuvdan so‘ng Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raev “Metallurg” bosh murabbiyi bilan suhbatlashdi.

- Sizni va “Metallurg” klubini muhim g‘alaba bilan tabriklayman. Ayting-chi, ushbu uchrashuvga yondashuv qanday bo‘lgandi va o‘yindan qanchalik qoniqdingiz?

- Birinchi navbatda tabrik uchun o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman. Aytib o‘tganingizdek, biz juda muhim bo‘lgan o‘yinda g‘alaba qozondik. O‘tgan uchrashuvdan keyin bizda ma’lum muddat bor edi. Hafta davomida qilgan mehnatimiz va bugungi uchrashuvda jamoamizning ko‘rsatgan o‘yinidan juda mamnunman. Yana shuni aytmoqchimanki, hozirgi jamoamizda ajoyib muvozanat shakllangan. Yoshlar va yoshi katta futbolchilar bilan yaxshi tarkib shakllantirganmiz. Uchrashuvga kelsak, biz har xil holatlar bo‘yicha o‘ynadik. Avval uchta, keyin o‘zgartirilgan holda ikkita hujumchi bilan o‘ynadik. O‘ylaymanki, bu o‘zgartirishlarimiz oxirida o‘z mevasini berdi.

- Raqib jiddiy edi. “So‘g‘diyona” chempionlik uchun kurashyapti. Qolaversa, O‘zbekiston Kubogi va OFK Kubogida ham yurishini davom ettiryapti. O‘yindan oldin sizda qanday xavotir bor edi?

- “So‘g‘diyona” kuchli jamoalardan bittasi. Bu raqib bilan o‘ynashda har qanday murabbiy hayajonlanadi. Bizda “So‘g‘diyona” jamoasi bo‘yicha ma’lumot yo‘q emasdi. Ba’zi futbolchilarida jarohat bor edi va oldingi uchrashuvdan keyin yana ayrim o‘yinchilari qatnasha olmasdi. Bu borada xuddi bizdagi kabi kamchiliklari bor edi. Ularning jamoasini o‘rganib chiqqan holda biz o‘zimizning o‘yin rejamizni tuzdik. Haqli ravishda g‘alaba qozondik, deb o‘ylayman.

luisma5_1

- Ikkala gol ham penaltidan kiritildi va Bektemir Abdumannonov o‘yin qahramoniga aylanib dublga erishdi. Penaltini bajarish vazifasi aynan unga yuklatilganmidi?

- Bugungi uchrashuvdagi penaltini tepilishida o‘zimizning ham rejalarimiz bor edi. Har doim o‘yindan bir kun oldingi mashg‘ulotlarimizda bu mas’uliyatni 4-5 nafar futbolchilarimizga topshiramiz. Penaltilar bo‘yicha mashg‘ulotlarimizda shug‘ullanamiz. O‘tgan safar “Paxtakor” bilan bahsda penaltini Zabihillo O‘rinboev tepgan bo‘lsa, Bektemir Abdumannonov assistentlik qilgandi. Bugungi uchrashuvda esa O‘rinboev ishlagan penaltini Abdumannonov amalga oshirdi. Birinchisida murabbiy sifatida o‘zim Bektemirga tepishini aytdim. Ikkinchi penaltida o‘yinchilar o‘zaro kelishib, mas’uliyatni kim bo‘yniga olishni hal qildilar. Yana Abdumannonov penaltini tepishga qaror qildi.

- Statistika bo‘yicha “Metallurg” oxirgi bor 2020 yili “So‘g‘diyona”ni 2:0 hisobida yutgan. Shundan beri o‘zaro bellashuvlarda bekobodliklar birorta ham gol urolmayotgandi. Bunday ma’lumotga qiziqib turasizmi?

- Albatta, statistika bo‘yicha har doim klub tomonidan bizga ma’lumot beriladi. Masalan, o‘tgan turdagi bahsni oladigan bo‘lsak, “Paxtakor” bilan uchrashuvlarda jamoamiz g‘alaba qozona olmayotgandi. O‘sha an’anani buzish uchun biroz bo‘lsa ham imkoniyatimiz bor edi. Ammo baxtga qarshi yutqazib qo‘ydik. Bugungi uchrashuvdan avval bizga to‘g‘ri va barcha ma’lumotlar berildi. Bu g‘alabani “Metallurg” klubi va Bekobod ahliga bag‘ishlaymiz. Jamoamizning o‘ziga bo‘lgan ishonchi kun sayin ortib boryapti. Hozirgi kunda har qanday jamoani yutishga kuchimiz bemalol etadi.

luisma6_1

- Darvozabonlarni ham tez-tez o‘zgartirib turibsiz. Bugun Akmal Ortiqov asosiy tarkibda o‘ynadi. Zaxirada Vagin bor edi, Lobanov esa...

- Lobanovni asosiy tarkib tugul zaxira o‘rindig‘ida ham yo‘qligining asosiy sababi, unda to‘rtta sariq kartochka yig‘ilib qolgandi. Shu bois unda o‘ynash huquqi yo‘q edi. Uchala darvozabonimiz va darvozabonlar murabbiyimizning mehnatidan, ishidan qoniqish hosil qilyapmiz. Qattiq ter to‘kishyapti. Fursatdan foydalanib, ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- “Nima deb o‘ylaysiz, “So‘g‘diyona” OFK Kubogini yutishga qodirmi?

- Albatta, o‘ylashimcha “So‘g‘diyona” klubi OFK Kubogini yutishga haqli. Bu jamoani anchadan beri bilaman. Jangovar o‘yin ko‘rsatadigan klublardan biri. Yaxshilab mehnat qilib, maqsad sari to‘g‘ri yo‘nalishda ketsa OFK Kubogida chempiona bo‘la oladi, deb o‘ylayman. Bu chempionlik nafaqat “So‘g‘diyona”, balki o‘zbek futboli uchun ham katta yutuqqa aylanadi.

Luisma_1

- Endi chempionatimizda biroz tanaffus bo‘ladi va bu vaqt davomida jamoangizning tayyorgarlik rejasi qanday?

- Bugungi g‘alabadan rohatlangan holda jamoamga 2-3 kunga dam beraman. Tanaffus chog‘ida o‘rtoqlik uchrashuvini tashkillashtiramiz. Bu futbolchilarimizni o‘yin amaliyotida bo‘lishida yordam beradi. “Qizilqum” bilan bo‘ladigan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.  

- Vaziyatga real qaraganda, bu yil “Paxtakor”, “Nasaf” va “Navbahor”dan qaysi biri chempion bo‘ladi?

- Uchta klub bir-biriga o‘xshamagan o‘zgacha uslublarga ega. Klublarning tarixiga qarasak ham ularning yo‘nalishlari bir-biriga o‘xshamaydi. Shaxsiy fikrimga kelsak, “Paxtakor” yoki “Nasaf” chempion bo‘ladi, deb o‘ylayman. “Navbahor”ni hozirgi ko‘rsatayotgan o‘yini va egallab turgan o‘rni bilan tabriklayman. Lekin chempionlikni “Paxtakor” bilan “Nasaf” o‘rtasida ko‘ryapman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
RB
19/09/2022 07:53
Наманган ахдидан булсам хам Насаф чемпион булишини хохлардим. Чунки насаф уз академияси тарбияланувчиларидан шаклланган. Эртага йуколиб колмайди. Навбахор хам камида шундай шаклланиши керак. Шундагина баркарор клубга айланади. Хозирги уйинчиларини эртага бужамоада булишига ишонч йук
&
Олға насаф
RB
19/09/2022 09:06
Раҳмат Сизга, яхши фикрларингиз учун. Лекин, Тошкентда бўладиган ПАХТАКОР-НАСАФ ўйинига ЧЕТ ЭЛДАН, ҲЕЧ БЎЛМАСА ЧЕТ ЭЛДА КЎЧА ФУТБОЛИДА ҲАКАМЛИК ҚИЛИБ ЮРГАН ҲАКАМНИ БЎЛСА ҲАМ ОЛИБ КЕЛИШМАСА яна ҳакамларнинг хурмача қлиқларига гувоҳ бўлишимиз мумкин.
БУНИ ЖАНОБ ДИЁРБЕК ЎЙЛАБ КЎРСА ЯХШИ БЎЛАРДИ.
&
Турсунов Рамазон
18/09/2022 23:25
Албатта хакамла каршилик килмаса Насаф чемпиён булади иншалло ОЛЛОХ мадаткор булсин.Ким каршилик килса ОЛЛОХ ЖАЗОСИНИ БЕРСИН.
Shoyimov Mirzohid
19/09/2022 12:42
Хеч ким халал бермаса
Шухрат Хусаинов
19/09/2022 13:04
Туя хаммомни орзу килибди
Ibragimali Normatov
18/09/2022 23:47
Пошел вон, Навбахор Чемпион!