"Hardcore Boxing" promousheni Mayk Tayson va Evander Xolifild jangini tashkil qilmoqchi

  • 22 sentabr, 2022, 11:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyaning "Hardcore Boxing" promouterlik kompaniyasi og‘ir vazn toifasidagi sobiq chempion Mayk Taysonga Evander Xolifildga qarshi uchinchi jangi uchun 10 million dollar taklif qilmoqda. Bu haqda tashkilot rahbari Anatoliy Sulyanov matbuot anjumanida ma’lum qilgan. Shuningdek, mazkur liga shu yil boshida og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannuga Timur Slashchin bilan jang uchun 2 million dollar taklif qilgan edi.

“Ngannu bo‘yicha bizning taklifimiz hali ham kuchda, xuddi Tayson va Xolifildga mos ravishda 10,5 million dollarlik taklif kabi", - deya Sulyanovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport-Ekspress.

Ma’lumot uchun, Mayk Tayson hamda Evander Xolifild ham shou janglarida ishtirok etgan. Jumladan, Tayson Roy Jonsga qarshi to‘qnashuvda durang qayd etgan bo‘lsa, Xolifild sobiq UFC chempioni Vitor Belfordga mag‘lub bo‘lgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!