Hasan Ro‘ziev: Navoiyda "Navbahor"ning muxlislarini va "Nasaf"ning akademiyasini ko‘rishni xohlayman (2-qism)

  • 8 aprel, 2020, 03:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Hasan Ro‘ziev bilan suhbatning birinchi qismini e’tiboringizga havola qilgandik, endi esa mazkur suhbatning ikkinchi qismiga ham etib keldik. Hakamlik faoliyatini yakunlaganidan keyin uning hayotida yangi bosqich boshlandi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Boisi, u endilikda o‘zini klublarda rahbarlarlik lavozimlarida sinab ko‘rmoqda. Shu boisdan suhbatimizning ikkinchi qismida bir qator qiziqarli savollarga javob oldik.

Tecno

- Hakamlar ko‘pincha faoliyatini yakunlashganidan keyin yana shu sohada qolib, nazoratchi, komissar yoki shunga yaqinroq sohada ishlayotganiga guvoh bo‘lamiz. Ammo sizdagi vaziyat boshqacha bo‘ldi. Ya’ni, kutilmaganda hakamlikni tugatib, “Surxon” klubida ish boshladingiz. Hammasi qanday yuz bergandi?

- Hamma narsaning boshlanishi bilan yakuni ham bo‘ladi. Hakam esa yoshi o‘tgani sari maydonda yugurishga qiynaladi. Futbol esa tezlashib boryapti. Demak, biz tezkor futbolga ulgurishimiz kerak. Ya’ni, talabga javob beradigan bo‘lishimiz lozim. Buning uchun esa shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rish kerak. Agar jismoniy tomondan talab darajasida bo‘la olmasangiz, o‘yinda xatolar kelib chiqadi. Mana shunday xatolar kelib chiqmasligi uchun hakamlik faoliyatimni tugatishga qaror qildim. To‘g‘risi, hakamlikdan so‘ng bir yilcha hordiq chiqarib, keyin reja tuzmoqchi edim. Ammo menga Ilhom Mo‘minjonov taklif bilan chiqdi. U aytdiki, “Surxon”da ishlayotgandim, ammo u erda ketganman. Klub vitse-prezidenti Azamat aka sizga qiziqyapti, hakamlikni tugatgan bo‘lsangiz, sizga ish taklif qilyapti, deya menga yangi ishni tavsiya qildi. Ilhomga esa bu taklif haqida o‘ylab ko‘raman dedim. Mo‘minjonov esa diskvalifikatsiya tugasa yana “Surxon”da ishlashini aytdi. Shunday qilib, “Surxon” rahbariyati bilan uchrashdim. Menga klub bosh direktori lavozimini taklif qildi. Bu borada yaqinlarim bilan maslahatlashdim. O‘z navbatida Ravshan Ermatov bilan ham maslahatlashdik. Chempionatimizga VAR kirib kelayotgani bois meni shu tizimda ishlang deb aytdi. Lekin o‘zimni boshqa joyda sinab ko‘rgim keldi. Hakamlikdan chetroqqa chiqishni istadim. Boisi, hakamlikdan biroz charchagandim. Natijada “Surxon”da ishlashga rozilik berdim va yangi futbolchilarni yig‘ishni boshladim.

- Biroq sizning “Surxon”dagi faoliyatingiz juda qisqa bo‘ldi va oradan ko‘p o‘tmay siz “Qizilqum”da paydo bo‘ldingiz. Aslida nima bo‘lgandi?

- Menga Navoiy viloyati hokimligidan aloqaga chiqishdi. Maqsad viloyat futbolini ko‘tarish edi. O‘zingiz ham bilasiz, anchadan beri “Qizilqum” jamoasi pastki o‘rinlarda qolib ketayotgandi. Akademiya qurish, baza yaratish, klub infratuzilmasini yangilash, umuman keng ko‘lamli ishlarni bajarish va professional ish tizimiga o‘tish kerak. Navoiy futbolini yangi bosqichga olib chiqish uchun menga taklif bilan chiqishdi. Shundan so‘ng “Surxon” vitse-prezidenti Azamat akaga vaziyatni tushuntirib, “Qizilqum”dan taklif bo‘layotganini, ularning rejalari kattaligini va ularga yordam bermoqchi ekanimni aytdim. Mayli, qarshiligimiz yo‘q, ammo qachon bo‘lsa ham yana bemalol “Surxon”ga qaytib ishlashingiz mumkin, siz uchun hamisha eshigimiz ochiq dedi va ular bilan do‘stona ravishda xayrlashdik. Navoiyga borib viloyat hokimi bilan ko‘rishdim, hamma ishni gaplashib oldik. Vaziyat shunday bo‘lib qoldiki, “Surxon”ga qarshi uchrashuvdan bir kun oldin “Qizilqum” klubi prezidenti sifatida ish boshladim. Taqvim ham shunga to‘g‘ri kelib qoldi. Biz esa “Surxon”ga 1:2 hisobida yutqazdik. Lekin o‘yindan keyin futbolchilarni ruhlantirdik. Navbatdagi o‘yinimiz Muborakda “Mash’al”ga qarshi o‘tardi. Shuning uchun yigitlarimizga yutishimiz kerakligini tushuntirdik. U erga yaxshi tayyorgarlik bilan bordik, yaxshi o‘ynadik. Durang o‘ynagan bo‘lsak ham mehmondan bir ochko bilan qaytdik.

ruziev8

- Hakamlik paytingizda “Qizilqum” ishtirokidagi o‘yinni boshqarib, shundan keyin ma’lum muddatga diskvalifikatsiyaga uchragandingiz. O‘shanda klub bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov ham e’tirozlarini bildirgandi. Buni qarangki, Navoiyda ushbu murabbiy bilan birga ish boshladingiz. Lekin ko‘p o‘tmasdan u klubdan ketdi. Aytmoqchimanki, Aktamovning ketishi sizning “Qizilqum”dagi faoliyatingizga ta’sir ko‘rsatmaydimi?

- Aktamovning ketishi men bilan bog‘liq emas. Meni viloyat hokimi taklif qilgan. Zimmamga jamoani butkul rivojlantirish vazifasi yuklatilgan. Lekin hamma joyda murabbiydan natija talab qilinadi. Natija bo‘lmaganidan keyin murabbiy mard bo‘lsa, jamoaga yangi qon quyish kerak, o‘zgarish qilish lozim, degan fikr unda bo‘lishi lozim. Hamma joyda ham istalgan murabbiy birinchi navbatda natijaga javob beradi. Ishlar yaxshi emasmi, unda qaysidir yo‘nalish noto‘g‘ri ketayotgan bo‘ladi. Chetdan qarab turgan insonga esa kamchiliklar ko‘rinadi. Uning ichidagi inson esa qaysi yo‘nalish noto‘g‘ri ketayotganini sezmay qoladi. Ko‘rayotgan bo‘lsangiz, klublarda ham murabbiylar yoshartirilyapti. Ahamiyat berayotgan bo‘lsangiz, yoshi katta murabbiylar kutilgan natijani berishmayapti. Chunki futbol o‘zgarib, yosharib boryapti. Demak, unga boshqacha yondashish kerak. Hamidjon Aktamovni hurmat qilaman. 2013 yildan beri qattiq harakat qildi. Jamoa uchun ko‘p ishlarni qildi. Lekin hamma narsa uning bir o‘ziga qolib ketdi. Uning yoniga kimdir kelib yordamlashmadi.

- Endi muxlislarni bir savol qiziqtiryapti: bundan buyon “Qizilqum”ni kim boshqaradi? Bu borada Viktor Kumikov, Aleksandr Xomyakov va boshqalarning nomzodlarini eshitib turibmiz. O‘ylashimcha, hozirgi vaziyatda bu savolga siz aniqroq javob bera olasiz.

- Bu savol bo‘yicha aniq javob bera olmayman. Nega? Buning sababi bor. Biz bir qator murabbiylar bilan gaplashib ko‘rganmiz. Hozirda muzokaralar jarayoni davom etyapti. Bosh murabbiyni aniqlashtirib olish borasida NKMK zavodi rahbari hamda viloyat rahbarining ham maslahatlarini olishim lozim. Doim maslahat bilan qilgan ishni yaxshi ko‘raman. Bizga shunaqangi murabbiy kerakki, nafaqat “Qizilqum” jamoasi, balki o‘rinbosarlar, U-18, futbol maktablarini nazorat qiladigan mutaxassisni xohlayman. Biz ulardan nimani kutayotganimizni tushuntirib bera olishlari darkor. Men “Qizilqum”da “Navbahor”ning muxlislari va “Nasaf”ning akademiyasi bo‘lishini xohlayman. Navoiyda shuni shakllantirishni istayman. Mendagi vazifa faqat shu. Xudo xohlasa, albatta o‘sha maqsadimga erishaman.

- Hasan aka, murabbiy masalasiga yanada oydinlik kiritmoqchiman. Klubni boshqaradigan mutaxassis o‘zimizdan bo‘ladimi yoki xorijdanmi?

- Muzokara o‘tkazayotganlarimiz orasida xorijlik ham, o‘zimizdan ham nomzodlar bor. Masalan, Aleksandr Xomyakovning tajribasi katta. U “Mash’al”da keng ko‘lamdagi ishlarni bajardi. “Andijon”da ham qanday ishlaganini ko‘rdik. Qiyin vaziyatda qanday jamoa tuza olganini ko‘rsatdi. Gapning ochig‘i, “Qizilqum”da Xomyakov ishlashini xohlardim. Shu insonda istaklarimizni amalga oshirish xususiyatini ko‘ryapman. Karantinni tugatib, mashg‘ulotlarga ruxsat berilganidan so‘ng hammasi oydinlashadi.

ruziev7

- Demak, “Qizilqum”ni Xomyakov boshqarishi aniqroqmi?

- Bunday deya olmayman. Chunki bu hozircha mening xohishim. Viloyat hokimi ham, zavod rahbari ham avvalambor natijani mendan so‘rashadi. Men esa murabbiydan so‘rayman. Shuning uchun rahbariyatning oldida meni uyaltirmaydigan, natija ko‘rsatadigan, vaqt o‘tib etakchilar bilan kurasha oladigan jamoani shakllantirishini istayman. O‘z o‘rnida viloyat hokimiga hamda zavod rahbariga minnatdorchilik bildiraman. Ular futbol uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berishmoqda. Shunga yarasha yuqorida aytib o‘tganimdek, “Navbahor”dagi muxlislar va “Nasaf”dagi akademiya Navoiyda ham bo‘lishiga aminman.

- Hozirgi karantin davrida futbolchilarning uyda qanday shug‘ullanayotgani ham muhim bo‘lsa kerak. Qolaversa, endi chempionatimiz qachon davom ettirilishi ham hali noma’lum. Bu esa sizni tashvishga solmaydimi?

- Avvalambor shuni aytishim kerakki, bu virus hammaga bir xil keldi. Bunday paytda esa biz sabrli bo‘lishimiz, futbol esa ikkinchi darajaga tushishi kerak. Bizdan talab qilinayotgan narsa bu uyda qolish. Behudaga ko‘chaga chiqmasligimiz lozim. Agar hammamiz birlashib, uyda qolib, o‘zimizni nazorat qilsak, virusni tezroq engamiz. Buning uchun duo qilib, Xudodan so‘rayapmiz. Agar ko‘chaga chiqmasak virus yuqishi kamayadi va kasallik ham yo‘qoladi. Keyin esa futbolga qaytamiz. Agar buning aksi bo‘lsa kasallik ham cho‘zilaveradi. Shuning uchun hammasi o‘z qo‘limizda. Prezidentimiz ham bu borada uyda qolishga chaqiryaptimi, demak aytganlarini qilishimiz kerak. Shuningdek, futbolchilarning har biri professional bo‘lishi lozim. Har biri uyida shug‘ullanish uchun sharoit yaratib olishi lozim. Qolaversa, parxezga ham amal qilish kerak. Uyda o‘tirganda esa ko‘proq taom iste’mol qilib qo‘yiladi. Natijada futbolchining vazni ortishi mumkin. Mana shunday jihatlarga ham albatta e’tibor qaratish muhim.    

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sayfiyev Eldor
09/04/2020 01:26
Nasaf akademyasiga soqqa bilan kevuring trasfer bor nasaf uzbekistonga futbolchi yetishtiradi
U qayerda o'ynasaxam uzbek futbol rivoji uchun uzbeklar uchun
&
ахмад49
08/04/2020 10:16
Тачимурод Агамурадовни чакириш керак эди.
&
ахмад49
08/04/2020 10:16
Тачимурод Агамурадовни чакириш керак эди.
&
ахмад49
08/04/2020 10:16
Тачимурод Агамурадовни чакириш керак эди.
SHAXBOZ Bekmurodov
08/04/2020 09:24
Jamoying kuchli bo‘lsa muhlis kelaveradi. Jamoga kuchli o‘yinchilar olib kelinsa tabiyki jamo kuchli o‘yin kursatadi bu ishni bir yildayoq amalga oshirsa bo‘ladi, demak bir yilda Navbahor muhlislari naxt. Lekin!
NASAF dek akademiyani yaratish uchun yillar davomida murabbiy yoki klub prizdenti emas butun jamo, muhlislardan tortib viloyat rahbarigacha bir oila bo‘lib vijdonan jon kuydirib ishlash kerak, shuncha pul Bilanam paytaxtning soxtakorlari ham NASAFdan o‘yinchi olib o‘yinini kuchaytirayabti bundan kiyinam shunday bo‘ladi bekorga ularni qruqlar orsizlar diyishmaydida.Navoiylik larga nima bo‘gandayam omad oldiga ezgu maxsadlar qo‘yibti bu yo‘lda xormay tolmay o‘zbek futboliga yana bitta mardanovor jamoni kashf etishsin.