
Hasanboy Do‘smatov hindistonlik bokschiga qanday javob qaytardi?
Xabaringiz bor, hindistonlik mashhur bokschi Amit Pangal bilan saytimiz uchun maxsus intervyu uyushtirgan edik. Mazkur suhbat chog‘ida hind sportchisi o‘z vaqtida ringdagi printsipial raqibi bo‘lgan, hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatovni juda hurmat qilishini hamda o‘z to‘yiga taklif etishini aytib o‘tgandi. O‘z o‘rnida ushbu taklifni bokschimizning shaxsan o‘ziga etkazishimizni ham iltimos qilgandi. Biz mazkur “omonat”ni o‘z egasiga etkazish barobarida Hasanboyning ushbu taklifga bo‘lgan munosabati bilan ham qiziqdik.
- To‘g‘risi, intervyuni ham o‘qib chiqdim. Amitning bunday e’tiboridan juda xursand bo‘ldim. Instagram sahifamga ham yozgan ekan. O‘z o‘rnida men ham uni juda hurmat qilaman. Ajoyib inson va kuchli bokschi. Bir-ikki bor suhbatlashganmizning o‘zidayoq uning quvnoq samimiy inson ekanligini anglaganman. Yuksak ehtirom ko‘rsatib, taklif qilgan ekan, borishga harakat qilaman. Hozircha to‘yining qachon bo‘lishi noma’lum shekilli... Agar, karantindan so‘ng, jangimga yaqin sanada bo‘lmasa, albatta, boraman!
Fikrlar