Hasanboy Do‘smatov kubalik raqibini qiyinchiliksiz taslim etdi. Hamyurtimiz chorak finalda!

  • 9 may, 2023, 14:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun vakillarimizdan birinchi bo‘lib -51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov kubalik Romero Reyes Erislanga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang tahminan 14:15dan so‘ng boshlanadi.

O‘zbekistonlik bokschi jang o‘tkazmasdan keyingi bosqichga yo‘l oldi

IMG_4951

Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.

Hasanboy birinchi raundni o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.

Hakamlar ikkinchi raundda ham hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi - 5:0.

Oxirgi raundda kubalik bokschi ham bir ochko ishladi - 4:1. Yakuniy hisob 5:0 Hasanboy Do‘smatov foydasiga. Vakilimiz chorak finalga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!