
"Hayot oson emas, aks holda dunyoga keliboq yig‘lamagan bo‘lardik" - Ronalduning siz eshitgan yoki eshitmagan eng sara iboralari
Krishtianu Ronaldu nafaqat a’lo darajadagi futbolchi, balki birgina jumla bilan yo zavq tug‘yonini yoki g‘azab to‘lqinini keltirib chiqarishga qodir ajoyib spikerdir.
Portugaliya terma jamoasi sardori OAV bilan muloqot chog‘ida imkon qadar ehtiyotkorroq bo‘lishga intiladi. Biroq uning ayrim fikrlari o‘zining keskinligi bilan ishqibozlar tomonidan eslab qolingan.
Quyida Ronalduning turli davrlarda bergan intervyularida keltirib o‘tgan yorqin, oqilona va falsafiy iqtiboslari saralab olingan.
HAYoT HAQIDA
«Hayot – oson narsa emas. Aks holda biz dunyoga keliboq yig‘lamagan bo‘lardik».
O‘Z MAHORATI TO‘G‘RISIDA
«Mashg‘ulotlarda aldamchi harakatlarni juda ko‘p amalga oshirardim. Buni deyarli hech kim takrorlay olmasdi. Bir safar Pol Skoulzga qo‘limdan nimalar kelishini ko‘rsatdim. U bularni kuzatdi va keyin shunday dedi: «50 metr uzoqlikdagi anavi daraxtni ko‘ryapsanmi? Birinchi urinishadyoq to‘pni unga tekkizaman». Qisqa yugurish, zarba va to‘p aniq nishonga tegdi. Shundan so‘ng, u mendan xuddi shuni takrorlashni so‘radi. 10 martacha takrorlashga urindim – biroq har safar to‘pni nishonga tekkiza olmadim. Shundan keyin Skoulz faqatgina kulib qo‘ydi va hech nima demasdan kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi».
XARAKTERI XUSUSIDA
«Men bolaligimdan portlovchi xarakterga egaman. Bir safar maktabda talaffuzim ustidan kulgani uchun o‘qituvchini stul bilan urganman».
MESSI HAQIDA
«Nega endi men Messiga hasad qilishim kerak? Men – Ronalduman va o‘zim xohlagan barcha narsani yuta olaman, boshqalarning hatto tushiga kirmagan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kirita olaman».
JAHONNING ENG YaXShI O‘YINChISI TO‘G‘RISIDA
«Siz Messini eng zo‘r, deb hisoblaysizmi? Ammo boshqalar eng zo‘rni, aytaylik Inestaning timsolida ko‘rishi mumkin. Har kim mustaqil tanlash huquqiga ega – bunga barchaning huquqi bor. Ammo men uchun sayyoradagi eng zo‘r futbolchi Krishtianu Ronaldu bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi».
O‘ZINING TRANSFER QIYMATI XUSUSIDA
«Sayyoramizning eng qimmatbaho o‘yinchisi ekanligimni anglash, menga juda yoqmoqda».
XEYTERLAR (YoMON KO‘RUVChILAR) HAQIDA
«Nega mening manzilimga hushtakbozlik qilishadi? O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: men boyman, chiroyliman va mashhurman. Men – buyuk o‘yinchiman. Ular shunchaki hasad qilishadi, men boshqa sababni ko‘rmayapman».
DID TO‘G‘RISIDA
«Hatto Iso Masih ham barchaga xush kelmagan bir paytda Ronaldu haqida nima deyish mumkin».
ORZUSI XUSUSIDA
«Orzum - son-sanoqsiz gollar kiritish. Hatto bu raqamlarning qanday nomlanishini ham bilmay».
IShI HAQIDA
«Agar futbolda faoliyatimni boshlay olmaganimda kim bo‘lgan bo‘lardim? Xm... Ehtimol, ofitsiant yoki barmen bo‘lib ishlayotgan bo‘lardim».
Fikrlar