Hemiltonning do‘sti eng kuchsiz jamoaga o‘tishi mumkin

  • 6 iyun, 2024, 19:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

F1 vakili Lourens Barrettoning so‘zlariga ko‘ra, Bottas Kevin Magnussenning o‘rnini bosishi uchun asosiy davogar, U "Haas"ning kelasi yil shortlistida birinchi o‘rinda turadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Magnussen jamoaning kelgusi yil uchun rejalaridan tushib ketgan, transfer bozorida boshqa ko‘plab tajribali haydovchilar bor. Magnussen ketishiga asosiy sabab - bu yil to‘plagan jarimalar soni. Daniyalik yil boshidan beri sodir bo‘lgan bir nechta voqealardan so‘ng diskvalifikatsiya arafasida turibdi.

Tecno

Niko Xyulkenbergning o‘rnini kim egallashi allaqachon hal bo‘lgan. 18 yoshli Oliver Berman 2025 yilda  debyut qiladi. Berman nu mavsum Saudiya Arabistoni Gran-prisida,  Karlos Sayns operatsiya o‘tkazgani uchun uning o‘rnida "Ferrari"ni boshqargan edi va jamoaga ochkolar olib kelgan edi.

"Haas" Berman bilan sherik qilib, tajribali haydovchiga ega bo‘lishni xohlaydi va Bottas buning uchun ideal poygachi. Valtteri nafaqat aql bovar qilmaydigan darajada tez, balki u har doim jamoaviy o‘yinchi bo‘lgan va Bermanga yangi jamoadosh sifatida kerakli yordamni bera oladi.

Biroq, finlandiyalik pilot "Haas" e’tibor qaratayotgan yagona haydovchi emas. Esteban Okon "Alpin" bilan shartnoma uzaytirmasligini e’lon qilganidan keyin, amerikaliklar uchun nomzod bo‘lib qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!