
HERE WE GO! "Liverpul" 70 million evroga yarim himoyachi sotib oldi
"Liverpul" klubi yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Bu safargi yangi futbolchi "Leyptsig" a’zosi - Dominik Soboslai. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Mersisaydliklar u uchun nemis klubiga 70 million evro atrofida to‘lab berilishi aytilmoqda.
Qayd etish lozim, bungacha "qizillar" "Brayton"dan Aleksis Makallisterni o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi.
Fikrlar