Here we go! Luis Suares "Inter Mayami" futbolchisi

  • 22.12.2023 15:09
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Gremio" bilan xayrlashgan va ayni paytda erkin agent sifatida bo‘lib turgan Luis Suares "Inter Mayami"ga klubiga o‘tmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. 

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar bir oy oldin og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. Bugun esa hujjatlar imzolandi va transfer tez orada rasman e’lon qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, Suares mayamiliklar bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma tuzdi. Yaqindagina hujumchi futbol o‘ynashga qiynalayotgani haqida aytib o‘tgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!