
Here we go! Xvicha Kvaratsxeliya PSJ futbolchisi
"Napoli" futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya PSJga ko‘chib o‘tmoqda. Bu haqida insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, klublar 70 million evro bo‘yicha kelishib olishgan. Shuningdek, bonuslari ham bor. Hujumchi bilan esa 5 yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Xvichaning yangi klubidagi maoshi eskisidan 4-5 barobar ko‘proq bo‘ladi.
Kvaratsxeliya 2022 yilda "Dinamo Botum"dan "Napoli" tarkibiga 13 million evro evaziga kelib qo‘shilgan. O‘z vaqtida gruziyalik strayker "Rubin"da ham harkat qilgan.
Fikrlar