"Hey, nafratlanuvchilar"!

  • 2 iyul, 2024, 22:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pirs Morgan Krishtianu Ronalduning futbol olamidagi yuksak mavqeini e’tirof etdi. 

39 yoshli forvard Sloveniyaga qarshi o‘yinning qo‘shimcha bo‘limlarida penaltidan foydalana olmagan bo‘lsa-da, Portugaliya terma jamoasi "Evro-2024" chorak finaliga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ronaldu penaltilar seriyasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

"Unga hech qachon shubha qilmang. U tarixdagi eng buyuk futbolchi", - deb yozdi jurnalist. 

Shuningdek, Morgan: "Hey, nafratlanuvchilar"!, deya yozib Ronaldu bilan tushgan suratini o‘z sahifasiga joylashtirdi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!