
PSJ “Portu”ni eng zo‘r himoyachisini berishga ko‘ndirdi
PSJ himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Portu” himoyachisi Aleks Tellesni oladigan bo‘ldi. Aslida 27 yoshli braziliyalik chap qanot o‘yinchisining transfer summasi 40 million evro qilib belgilangandi. Portugaliyaliklar pandemiyani hisobiga olib, 10 million chegirma qildi.
Telles uchun boshida 20 million evro taklif qilgan parijliklar ham yana besh million qo‘shib, transfer masalasini ijobiy hal etdi.
Braziliyalik charm to‘p ustasi bu yil barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi.
Fikrlar