"Humo" darvozaboni haftaning eng yaxshi xokkeychilari qatoridan o‘rin oldi
Oliy Xokkey ligasi (VXL) - Buyuk ipak yo‘li kubogining eng yaxshi xokkeychilarini aniqlab beradigan kommisiya statistik ma’lumotlar va tahlillarga tayanib o‘n oltinchi o‘yin haftaligining eng yaxshilarini aniqladi.
E’tiborlisi, unga ko‘ra haftaning eng yaxshi darvozaboni sifatida Toshkentning "Humo" jamoasi a’zosi Roman Smiryagin e’tirof etildi. U o‘z darvozasi tomon yo‘llangan 98,05 % zarbalarni bartaraf etishga erishdi va hafta davomidagi bir bahsda darvozasini dahlsizligini saqlab qoldi.

Shuningdek, Ust-Kamenogorskning "Torpedo" jamoasi xokkeychisi Dmitriy Gromov eng yaxshi himoyachi, "Sokol" forvardi Anton Glovatskiy haftaning eng yaxshi hujumchisi deb topildi.
Fikrlar