"Humo" qachon bullitlar seriyasida g‘alaba qozonadi?

  • 12 yanvar, 2020, 00:34
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

"O‘tgan o‘yindan xulosa chiqardik. Ikkita keraksiz chetlatish bo‘lsada, kamchilikda yaxshi harakat qildik. Yigitlar uy uchrashuvlari seriyasini yaxshi notada yakunlash uchun harakat qilishdi va bunga erishdilar. Bir so‘z bilan aytganda, barakalla!

Tecno

Bellashuvning dastlabki daqiqalarida ikkita yaxshi qarshi hujumga ega bo‘ldik. Raqib hujumda kuchli ekanligini bilar edik va shunga qarab tayyorgarlik ko‘rdik. Barcha rejalarimiz amalga oshdi.

Jamoa 5 ta bullitlar seriyasining barchasida mag‘lub bo‘ldi? Menimcha men shug‘ullanishim kerak. Ilgari himoyachi ampluasida harakat qilganman, albatta bu hazil. Albatta ishlash kerak. Hozirgi natija bizni qoniqtirmaydi. Biz etarli darajada mag‘lubiyatga uchradik. Bullitlar seriyasida g‘alaba qozonish ruhiy jihatdan juda ham muhimdir.

Valuyskiyda kichik jarohat bor. Kazakovni sinab ko‘rishga qaror qildim, ammo hozircha hammasi biz o‘ylagandek bo‘lmayapti. Birinchi to‘rtlik yaxshi ishlangan, Valuyskiyni almashtirish oson emas. Bugun son jihatdan ko‘p bo‘lganimizda emas, aksincha kamchilik vaqtda yaxshi o‘ynadik. Naumov esa qat’iyat bilan o‘ynadi va maqtovga loyiq", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!