"Humo" qachon KXLga qo‘shiladi?

  • 12 dekabr, 2019, 01:25
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

"Humo" direktori, O‘bekiston xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Kirill Matveev klub Kontinental (Mintaqaviy) xokkey ligasiga qo‘shilish borasida ish olib borayotganini ta’kidladi.

Tecno

"Ko‘plab xokkeychilar KXLda o‘ynashni reja qilib kelishgan bo‘lsa-da, biz qisqa fursat ichida sifatli sport va ichki infratuzilmani yaratganimizga va O‘zbekistondagi xokkey uzoq muddatli loyiha ekanligini namoyish eta oldik. Mahalliy kadrlar etishtirib chiqarish biroz vaqt talab etadi, ammo KXLga kirish rejasi o‘zgarmagan.

"Humo-Arena" bizni marketing va sportdagi natijalarimizni yuqori darajaga ko‘tarishga majbur qiladi. Bu juda yuqori darajadagi arenadir. Mazkur inshoot VXLdagi eng yaxshi muz saroyi sanaladi va xattoki agar biz unga qo‘shilsak, KXLdagi Top-5 arenadan biri bo‘ladi.

Sportda natijalar bo‘ladi, muxlislar xokkeyga jalb etiladi va biz ularning qalbini zabt etamiz. Rejalarimiz juda jiddiy. KXL esa har kuni biz intilayotgan narsadir", - dedi Matveev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!