"Humo" Sankt-Peterburgdagi turnirda so‘nggi o‘rinni oldi

TIGGO 2 PRO

Kuni kecha Evgeniy Popixin shogirdlari Sankt-Peterburgda Nikolay Drozdetskiy xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan turnir doirasida "SKA-Neva" jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazishdi.

Murosasiz tarda kechgan bellashuvda musobaqa mezbonlari 4:0 hisobida zafar quchishdi. Shu tariqa, toshkentliklar 5 o‘yinda 3 ochko olgan holda turnirni so‘nggi, 6-o‘rinni egalladi.

"SKA-Neva" (Sankt-Peterburg) - "Humo" (Toshkent) - 4:0 (2:0, 1:0, 1:0)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!