
"Humo" yilni nechanchi o‘rinda yakunladi?
Xabaringiz bor, 2019 yildan e’tiboran Toshkentning "Humo" jamoasi Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy klublari ishtirok etadigan Oliy Xokkey Ligasi (VXL)da faoliyat olib bormoqda.
Yakuniga etgan yil davomida Evgeniy Popixin shogirdlari mazkur musobaqa doirasida 39 ta bahsda muzga chiqishdi. Shu uchrashuvlarning 17 tasida "qanotlilar" asosiy vaqtda g‘alaba qozongan bo‘lsalar, yana ikkita bellashuvda overtaymda zafar quchishgan.
Jami 14 o‘yinning asosiy vaqtida imkoniyat boy berilgan. Shuningdek, "Humo" 2 ta qarama-qarshilikda overtaym, 4 ta uchrashuvda esa bullitlar seriyasida mag‘lub bo‘ldi va jami 44 ochko jamg‘argan holda birinchi Konferentsiyada 7-o‘rinni egallab turibdi.
Yangi yilda esa muxlislar "Humo" ishtirokidagi bir-biridan qiziqarli 15 ta bellashuv guvohiga aylanishadi. Shularning ettitasi esa muhtasham "Humo-Arena" muz saroyida bo‘lib o‘tadi.
Yanvar
05.01 "Humo" – "Metallurg" (Novokuznetsk, Rossiya)
07.01 "Humo" – "Torpedo" (Ust-Kamenogorsk, Qozog‘iston)
09.01 "Humo" – "Nomad" (Nur-Sulton, Qozog‘iston)
11.01 "Humo" – "Sariarka" (Qarag‘anda, Qozog‘iston)
16.01 "Ximik" (Voskresensk, Rossiya) – "Xumo"
18.01 "Zvezda" (Moskva, Rossiya) – "Humo"
23.01 XK "Tambov" (Tambov, Rossiya) – "Humo"
25.01 "Buran" (Voronej, Rossiya) – "Humo"
27.01 XK "Rostov" (Rostov-na-Donu, Rossiya) – "Humo"
Fevral
01.02 "Humo" – "Dinamo" (Sankt-Peterburg, Rossiya)
03.02 "Humo" – "SKA-Neva" (Sankt-Peterburg, Rossiya)
05.02 "Humo" – "Dinamo" (Tver, Rossiya)
10.02 "Torpedo-Gorkiy" (Nijniy Novgorod, Rossiya) – "Humo"
12.02 "Bars" (Qozon, Rossiya) – "Humo"
14.02 "XK "Ryazan" (Ryazan, Rossiya) – "Humo"
Fikrlar