
Humoyuddin Muxtorov jaxon chempioni!
Bir necha kundan beri poytaxtimizda davom etaetgan universal jang borasidagi jahon chempionatida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etmoqda.
Jumladan, og‘ir vazn toifasida Milliy gvardiya xodimi Humoyuddin Muxtorov finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsga etib keldi. Uni finalda qozog‘istonlik juda kuchli raqib, kutib turar edi.
Yurtdoshimiz ushbu jangda ham o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlagan hola, qozog‘istonlik jangchiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi va haqli tarzda jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar