
Humoyun To‘xtamurodov Afrika vakiliga qarshi jang qiladi!
O‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. 21 dekabr kuni Almati shahridagi "Abay" arenasida "Naiza 70" turniri tashkil etiladi. Ushbu jang kechasida Humoyun To‘xtamurodov ham oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi. U Kamerun vakili Franklin Fomevuga qarshi jang qiladi. To‘xtamurodov Naiza ligasida 2 ta jang o‘tkazib ulgurdi va ularda g‘alaba qozongan. Umuman yurtdoshimiz so‘ngi mag‘lubiyatidan keyin 7 ta g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda.
, To‘xtamurodov rekordi 9g‘4 ko‘rinish olgan bo‘lsa, kamerunlik jangchi 5-3 ko‘rsatkichga ega.
Fikrlar