Hurshidbek Normatovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 17 aprel, 2021, 10:37
  • 0
  • Boks

Professional boksning o‘rta vazn (72,575 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan hamyurtimiz Hurshidbek Normatovning navbatdagi jang sansi va raqibi ma’lum bo‘ldi. 

Taniqli promouter Lu Dibella bilan hamkorlik qiladigan ushbu bokschimiz o‘zining bu safargi jangini 22 aprel kuni AQShda o‘tkazadi. Unga mezbonlar vakili Xose Karlos Rivera raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Normatov professional faoliyati mobaynida 10 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 3 bora raqiblarini nokautga tushir olgan bo‘lsa, uning raqibi 8 ta g‘alaba, to‘rtta mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. 5 bora esa raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. Hamyurtimiz so‘ngi jangini 2020 yil 28 yanvarda Kanadada Uriel Ernandesga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida raqibidan ustun kelgan edi. 

Shu o‘rinda yurtdoshimizga ushbu muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Bektemir Meliqo‘ziev WBA chempioni bilan sparring o‘tkazdi (Foto)

Bugun 6 nafar bokschimiz jahon chempionatida jang qiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!