Husanov bo‘yicha so‘nggi ma’lumot: Abduqodirga beshta grand da’vogar!

  • 21 noyabr, 2024, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qishki transfer oynasi yaqinlashgani sari Abduqodir Husanov atrofidagi axborot almashinuvi ham tezlashib bormoqda.

Evropaning qator nufuzli manbalari 20 yoshli himoyachining grand klublar nishonida turgani, ulardan ayrimlari “Lans”dan transfer ma’lumotlarini olgani, Husanov faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilayotgani haqida turli axborotlarni tarqatmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga xorij manbalarining Husanov transferiga oid tarqatayotgan materiallarini havola etadi.

Entso Paylot, le11hdf.fr portali eksperti:

Mavsum boshidan beri yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Abduqodir Husanovni “Lans” uzoq muddat ushlab tura olmaydigan ko‘rinadi. “Marsel” nazariga tushgan o‘zbek futbolchisi eng qimmatli aktivlardan biri sifatida lansliklar byudjetiga yaxshiga daromad olib kelishi mumkin.

“Lans” prezidenti Jozef Ugurlyan o‘tgan yozda futbolchilarning chiqish transferidan 111 million evro ishlab olishni mo‘ljallagan edi. Nil Al-Aynauining “Monako”ga va Kevin Dansoning “Roma”ga transferi barbod bo‘lishi oqibatida klub rahbari o‘z maqsadiga eta olmadi. Endi Abduqodir Husanovning transferi g‘aznaga tushum keltirishi kutilyapti.

Transferlarga ixtisoslashgan mashhur insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, o‘zbek futbolchisiga Evropaning bir necha grandalari, xususan “Marsel” da’vogarlik qilmoqda.  Himoya chizig‘ida muammolarga duch kelayotgan marselliklar qishki transferlar davrida o‘zbek legionerini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.

Marselliklar Husanovni shanba kuni bo‘ladigan o‘zaro uchrashuvda bevosita kuzatmoqchi edi. Biroq PSJ bilan bahsda qizil kartochka olgan Abduqodir “Marsel”ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi.

Bu ma’lumotlarni news.dayfr.com sayti ham tasdiqladi.

sport.fr:

“Marsel” himoya chizig‘idagi muvozanat va barqarorlikni tiklash uchun “Lans”ning yuqori salohiyatli yosh o‘yinchisi Abduqodir Husanovni qishki transferlar vaqtida o‘z takibiga qo‘shib olmoqchi.

“Lans” xo‘jayinlari qimmatbaho aktivni qishda sotish ma’qulmi yoki bu masalani yozga qoldirish foydalami, bu borada bir qarorga kelib olishi lozim. Husanovga PSJ va boshqa bir necha grandlarning qiziqayotgani mavsum oxirigacha o‘yinchining narxi yana ko‘tarilishiga olib keladi.

footballclubdemarseille.fr:

“Marsel” himoyaning nozik nuqtasini “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov yordamida yopish uchun qishki transferlar davrida faollik ko‘rsatishga tayyorlanyapti. Yozda bir necha yangi futbolchi olinganiga qaramay, marselliklar chempionatning ikkinchi yarmiga puxta hozirlik ko‘rish uchun yana transferlarga qo‘l uradi.

Jamoa bosh murabbiyi Roberto De Dzerbini o‘zbek futbolchisining universalligi va yuqori salohiyati o‘ziga jalb etmoqda.

“Lans” bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchi Transfermarkt ekspertlari tomonidan  5 million evroga baholangan. Bu narx marselliklarni qoniqtaradi.

foot-sur7.fr:  

Abduqodir Husanov 20 yoshidayoq “Lans” etakchisiga aylandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi har tomonlama etukligi, taktik intellekti, zakovati va maydonda pozitsiya tanlay olish qobiliyati bilan boshqalardan yaqqol ajralib turibdi.

“Lans” bilan 2027 yilning yarmigacha bog‘langan o‘yinchini olib ketish oson bo‘lmaydi. Chunki lansliklar o‘z o‘yinchisining transfer qiymatini yaxshi biladi.

Transfermarkt portali o‘zbek futbolchisini 5 million evroga baholayotgan bo‘lsa-da, uning transferi xaridorlarga ancha qimmatga tushadi.

Taniqli jurnalist Nikolo Skiraga ko‘ra, “Lans” potentsial xaridorlar, xususan, “Marsel”dan 40 million evro talab qilishi mumkin.

butfootballclub.fr:

O‘zbek futbolchisi – Abduqodir Husanov yorqin o‘yinlari bidan bir necha grandlarni o‘ziga qaratdi. 20 yoshli markaziy himoyachiga besh klubi – “Chelsi”, “Tottenxem”, “Pari Sen-Jermen”, “Marsel” va “Bayer” ko‘z tikmoqda.

Londonning ikki klubi “Lans”dan transfer ma’lumotlarini so‘rab oldi. “Marsel” va PSJ o‘zbek futbolchisini muntazam kuzatib kelmoqda. Xabi Alonso jamoasining Husanov uchun kurashga qo‘shilgani grand klublar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirdi.

Shunga qaramay, Allez Lens nashri “Lans” xo‘jayinlari qishki transferlar vaqtida markaziy himoyachilardan Kevin Dansoni va ayniqsa, Abduqodir Husanovni qo‘yib yubormoqchi emas.

Ta’kidlash joizki, Evropa klublari asosiy transferlar ko‘pinchi yozgi transferlar vaqtida amalga oshiradi. Shu nuqtai nazardan, Abduqodir Husanov uchun kurash asosan mavsum yakunlanganidan keyin boshlanadi. Agar biror grand klub favqulodda katta mablag‘ tikmasa, Abduqodir chempionatni “Lans” tarkibida yakunlab qo‘yadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
19/11/2024 13:03
Адмен кайтарманглар бир нарсаларди илтимос
&
Адхамжон Низомов
21/11/2024 09:36
Зай...ли.50 марта кайтариб.Бошка мавзу куй.Хе ...уша сенларни.....
&
Баха 72
19/11/2024 14:15
Хусанов яхши нормал формада Яна Атлетик гимнастик машгулотларда катнашиш керак. Уз устида купрок шугулланиш керак.