Husanov Evropada cho‘qqiga ko‘tarilyapti!

  • 12 oktabr, 2024, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum Abduqodir Husanov uchun juda muvaffaqiyatli boshlandi. 20 yoshli markaziy himoyachi nafaqat “Lans”da, balki Frantsiya chempionatida ham eng zo‘r o‘yinchilardan biri sifatida e’tirof etib kelinayotgan edi.

Tecno

Endi o‘zbek futbolchisining iste’dodi butun Evropada tan olindi.

Data Foot statistika markazi Evropa klublarida o‘ynayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan himoyachilarning yakkakurashlarda qayd etgan ko‘rsatkichlari asosida eng kuchli uch futbolchini aniqladi.

Unga ko‘ra, Abduqodir Husanov ikkinchi pog‘onaga loyiq ko‘rildi.

“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan nufuzli manbalardan biri – le11hdf.fr sayti eksperti Entso Paylot Data Foot statistika markazi reytingini sharhlab berdi.

- Abduqodir Husanovning o‘yinidagi o‘sish nafaqat uning uchrashuvlardagi harakatida, balki statistik hisob-kitoblarda ham o‘z tasdig‘ini topmoqda.

O‘zbek legionerining jamoadoshi Adrien Tomasson mashg‘ulotlarda unga to‘qnash kelishdan qochib yurishini ochiqchasiga tan olgan edi. Husanov qisqa fursatda asosiy himoyachi Kevin Dansoning o‘rnini to‘liq egallab bo‘ldi. U bo‘shliqni to‘ldirishdan tashqari, “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi.

Husanov himoyada juda katta hajmdagi ishlarni o‘z zimmasiga olmoqda. Hozir u yakkakurashlarda engilmas, tezkor, o‘yinni yaxshi o‘qiy oladigan, pozitsiyani to‘g‘ri tanlaydigan, himoyani to‘g‘ri boshqara oladigan futbolchi sifatida e’tibor qozonmoqda.

Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha u Evropaning 23 yoshgacha bo‘lgan eng zo‘r uch himoyachisidan biri hisoblanadi.

Aniq statistik ma’lumotlarni keltiradigan bo‘lsak, “top-5” chempionatlarida himoyadagi yakkakurashlarda g‘olib chiqish bo‘yicha Abduqodir Husanov (64 ta yakkakurashdan 84,4 foizida g‘olib chiqqan)faqatgina “Arsenal” vakili Uilyam Salibadan (74 ta yakkakurashdan 86,5 foizida ustun kelgan)orqada.

Bu borada uchinchi pog‘onada qator grand klublar e’tiborida turgan “Leyptsig” Kastello Lukeba (48 ta yakkurashdan 83,3 foizida ustunlik qilgan) qayd etilgan.

Shu o‘rinda Uilyam Saliba o‘zbek futbolchisidan uch yoshga katta ekani va tajribasi ko‘proqligini inobatga olish muhim. “Lans” darvozaboni va sardori Bris Samba aytganidek, Abduqodir Husanov “monstr”ga aylanib bo‘lgan, - deb yozmoqda  le11hdf.fr sayti eksperti Entso Paylot.

Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatida ishtirok etayotgan birinchi o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. “Lans” uni 2023 yilning yozida o‘z safiga qo‘shib olgan. O‘shanda lansliklar 400 ming evroga baholangan himoyachini 100 ming evro evaziga transfer qilgan edi.

Bugungi kunda 20 yoshli legionerimizning transfer summasi bir necha baravar ko‘payib, 5 million evroga etdi.

O‘zbekiston kuchlimi yoki Qozog‘iston yoxud terma jamoasi kuchiga qanday baho berishdi?

O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqish sharti aytildi

Husanov Evropada transfer qarashlarini o‘zgartirdi

Shomurodov gol urmasa bo‘lmaydi...

Fayzullaev Evropaga ketsin!
Shomurodov va 178 nafar futbolchi bo‘yicha ma’lumot chiqdi
Husanov “Lans”ni Frantsiyada birinchi, Evropada to‘rtinchi o‘ringa ko‘tardi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
faxriddin bozorov
10/10/2024 18:31
балли